01 August 2025
Ekologik risklarni baholash va ijtimoiy standartlar: banklar uchun amaliy trening

Kompaniya tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va NBT Consulting kompaniyasi hamkorligida tijorat banklarining ekologiya bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun amaliy o‘quv trening tashkil etildi.
Mazkur treningda ipoteka kreditlarini ajratish jarayonida loyihalarning ekologik va ijtimoiy ta’sirini aniqlash, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni oldini olish va mavjud qonunchilikdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda risklarni baholash masalalari chuqur tahlil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda keng qamrovli taqdimotlar o‘tkazildi:
- ekologik va ijtimoiy xavflarni aniqlash va yumshatish mexanizmlari;
- “Yashil moliyalashtirish” tamoyillarini amaliyotga joriy etish;
- xalqaro moliya institutlari talablariga muvofiq ichki bank amaliyotlarini uyg‘unlashtirish.
Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazilib, yakuniy qismda ishtirokchilar o‘z savollari bilan murojaat qilishdi va real misollar asosida muhokama olib borildi. Ushbu trening banklar uchun barqaror moliyalashtirish siyosatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar

“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.

Kompaniya Risk Menejerlari Kuala Lumpurda: Cagamas Berhad Tajribasini O‘rganmoqda.
