24 August 2026

Xabarnoma

“O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keying o’rinlarda - O’zIQMK” AJ) Kuzatuv kengashining 2026-yil 17-iyuldagi 9-sonli majlisi qaroriga asosan 1 103 800 000 (bir milliard bir yuz uch million sakkiz yuz ming) dona, nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2026-yil 24-avgust kuni P0912-8-son bilan ro’yxatga olinganligini ma’lum qiladi.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 35-36 moddalari, shuningdek “O’zIQMK” AJ Ustavining 28-bandiga asosan Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiya chiqarilayotganda, jamiyat aksiyadorlari Jamiyat ustav kapitalidagi aksiyalar miqdoriga mos ravishda qo‘shimcha aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa egalar. Imtiyozli huquqni qo‘llash muddati 10 (o‘n) kun etib belgilangan.

2026-yil 17-iyul kuni holatiga shakllantirilgan “O’zIQMK” AJ aksiyadorlari reyestriga bor aksiyadorlar “O’zIQMK” AJ ning qo’shimcha chiqarilgan aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega ekanligini bildiramiz.

Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining nomi va manzili (joylashgan yeri), sotib oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni “O’zIQMK” AJga yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida “O’zIQMK” AJga taqdim etilishi kerak.

Imtiyozli huquq asosida har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagicha: Aksiyador o‘ziga tegishli oddiy aksiyalarni “O’zIQMK” AJ tomonidan ilgari joylashtirilgan jami 1 396 226 571 dona oddiy aksiyalardagi ulushini aniqlaydi va shu ulushga teng ulushda ushbu chiqarilishdagi aksiyalardan olishga haqli boʻladi.

Imtiyozli huquqning amal qilish muddati 2026-yilning 25-avgust kunidan boshlanadi, hamda 10 (o‘n) kalendar kunini tashkil etishini ma’lum qilamiz.

Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 2026-yilning 4-sentabr kunidan boshlab qolgan aksiyalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi “Aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli Farmonining (keyingi o‘rinlarda — Farmon) 17-bandi hamda 9-ilovasida ko’rsatilgan aksiyadorlar va investorlarga joylashtiriladi.

Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aksiyalar uchun toʻlovlar “O‘zIQMK” AJ ning bank rekvizitlari:

“O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ

h/r 21508 000 0 05141951 001

O’zRMB Toshkent sh.BB HKMda

MFO: 00014;

STIR: 306 834 286;

rekviziti bo‘yicha qabul qilinadi.

“O‘zIQMK” AJ ning yuridik adresi va joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Buyuk turon MFY, Oloy bozori ko‘chasi, 64-uy Oriyent biznes markazi

Tel.: +99878 148 30 00 (116)

Elektron pochta manzili: info@uzmrc.uz

E-xat manzili: uzmrc@exat.uz