29 May 2025

Ipoteka olishda uchraydigan 2ta real holat – boshqalarga saboq bo‘lsin

1-holat: Yosh oilaning muvaffaqiyatli harakati

Dilshod va Dilnoza yangi turmush qurgan. Ular “Yoshlar ipotekasi” dasturida ishtirok etib, dastlabki to'lovni 10% qilib to'lab, kvartira olishdi. Muhim jihat: ikkisining ham rasmiy daromadi bor edi va bu kredit olishda muhim rol o'ynadi. Xulosa - oylik rasmiy daromadni ko'rsatish ipotekaga yo'l ochadi.

2-holat: Kreditni oldinroq yopaman degan odamga ogohlantirish

Komil ismli yigit 20 yillik ipoteka olgan, ammo 3 yildan so'ng to'satdan katta mablag'ga ega bo'lib, kreditni muddatidan oldin yopdi va to'lov bo'yicha 17 yillik foizlar to'xtatildi. Shunday qilib ipoteka bo'yicha to'lov qancha tez amalga oshirilsa, shuncha kam foiz to'lovi hisoblanadi.