26 January 2026

Kompaniya shartlari asosida ajratilgan kreditlarning ipoteka bozoridagi o‘rni

2020–2025 yillar davomida ipoteka bozori barqaror o‘sishni namoyon etdi. Ayniqsa, Kompaniya shartlari asosida shakllantirilgan kreditlar ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.

🔹 2025-yilda jami 21 215 mlrd so‘m ipoteka krediti ajratildi.
🔹 Shundan 2 243 mlrd so‘mi (11%) Kompaniya shartlari asosida shakllantirilgan ipotekalardir.
🔹 Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlarining jami portfeldagi ulushi 7,8% ga yetdi.

📈 So‘nggi 5 yillik dinamikaga nazar tashlasak:

  • 2020-yilda ulush atigi 0,2% ni tashkil etgan.

  • 2021-yilda keskin o‘sib 5,5% ga yetgan.

  • 2022-yilda 4,4%,

  • 2023-yilda 5,8%,

  • 2024-yilda 6,6%,

  • 2025-yilda esa 7,8% ko‘rsatkich qayd etildi.

🏦 Bu ko‘rsatkichlar ipoteka bozorida Kompaniya shartlari asosidagi moliyalashtirish mexanizmlari tobora mustahkam o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.