OʼzIQMK AJ KUZATUV KENGASHI TARKIBI

«Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 63-moddasiga asosan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʼlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin oʼttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʼlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʼrsatishga haqli, shu bilan birga, OʼzIQMK AJ ustavining 8.3-bandiga muvofiq, jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʼlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʼilishi kun tartibiga sof foydani taqsimlash, boshqaruv va nazorat organi aʼzoligiga oʼz nomzodini koʼrsatish (umumiy yigʼilishgacha almashtirish imkoniyati bilan) yuzasidan takliflar kiritishga haqli.

Ushbu takliflar moliyaviy yil tugaganidan keyin 90 kundan kechiktirmay kiritilishi mumkin. Shuningdek, OʼzIQMK AJ ustavining 9.4-bandiga asosan jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarining soni 7 nafar (Kuzatuv kengashi raisi bilan birga) etib belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2025-yil 22-maydagi Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishi tomonidan OʼzIQMK AJ Kuzatuv kengashi quyidagi tarkibda tasdiqlandi:


“OʼzIQMK” AJ Kuzatuv kengashi tarkibi

Ish joyi, lavozimi

Boshqa tashkilotlardagi ish joyi

1

Karshibayev Jasur Khazratkulovich

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazir oʼrinbosari

Kuzatuv kengashi raisi

2

Irgashev Xamid Djumaevich

Hult international Business School (London), Buxgalteriya va moliya fakulteti dotsenti

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

3

Kokularupan Narayanasamy

Mustaqil maslahatchi (Malayziya)

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

4

Yelena Klepikova

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, ekspert

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

5

Zulfukorov Djurabek Ismailovich

"Ipoteka bank" ATIB, boshqaruv raisi maslahatchisi

Kuzatuv kengashining a’zosi

6

Xudayberganov Ilhom Ne'matullayevich

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB, Moliyaviy resurslarni boshqarish bo'yicha bosh direktor

Kuzatuv kengashining a’zosi

7

Mamajonov Iqboljon Ikromovich

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ,  chakana blok boshqaruvchi direktori

Kuzatuv kengashining a’zosi