30 April 2024

YASHIL OBLIGATSIYA SARI ILK QADAM!

YASHIL OBLIGATSIYA SARI ILK QADAM! 

YASHIL OBLIGATSIYA SARI ILK QADAM!

YASHIL OBLIGATSIYA SARI ILK QADAM! 

Ostona Xalqaro Moliya Markazi (AIFC)  (https://aifc.kz/en)bilan Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Bugun Qozog'istonning ilg'or moliyaviy tashkiloti hisoblangan AIFC Boshqaruv raisi o'rinbosari Manas Gizduaniyev boshchiligidagi delegatsiya O'zIQMK vakillari bilan uchrashdi. Yig'ilishda yashil qayta moliyalashtirish sohasini ilk bor O'zbekistonda tatbiq etish va rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi. Ikki tomon bu yo'nalishdagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.  

Uchrashuv so'nggida tomonlar o'rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Unga ko'ra, AIFC, barqaror moliya sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq bazaviy dasturni ishlab chiqish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish, shuningdek, ""Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi tomonidan e'lon qilingan Yashil, ijtimoiy, barqaror obligatsiyalar tamoyillariga muvofiq mijozga yashil/ijtimoiy/barqaror obligatsiyalar bo'yicha ikkinchi tomon fikri"" formatida tashqi baholashni taqdim etish kabi masalalarda ko'mak beradi."