02 May 2025

ompaniya “Global Banking & Finance Awards® 2025” xalqaro mukofotini qo'lga kiritdi.

ompaniya “Global Banking & Finance Awards® 2025” xalqaro mukofotini qo'lga kiritdi.

Katta mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Kompaniyamiz “Global Banking & Finance Awards 2025” tanlovida “Oʻzbekistondagi Eng Yaxshi Yashil Obligatsiya Chiqaruvchisi” (Best Green Bond Issuer Uzbekistan Award 2025) mukofoti bilan taqdirlandi.

Mazkur xalqaro mukofot Kompaniyamizning moliyaviy barqarorlik, ekologik mas'uliyat hamda yashil obligatsiyalar orqali barqaror rivojlanishga qoʻshayotgan hissasi e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Ushbu nufuzli mukofot Kompaniyaning ekologik toza moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yanada ragʻbatlantiradi. Yutuqlarimiz barqaror va ekologik xavfsiz kelajak sari ishonch bilan intilishimizga xizmat qiladi.