21 May 2025

DOM.RF va O‘zbekiston uy-joy qurilishi va moliyaviy sohalarda hamkorlikni mustahkamlamoqda.

DOM.RF va O‘zbekiston uy-joy qurilishi va moliyaviy sohalarda hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Kompaniya delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining nufuzli uy-joy tashkiloti hisoblanmish DOM.RF ga tashrif buyurdi.

 Uchrashuv davomida ikki tomon o'rtasida respublika qurilish va moliyaviy sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.


Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

✅ Ipoteka kreditlarini sek’yuritizatsiya qilish;

✅ DOM.RF’ning raqamli platformalarini joriy etish;

✅ “Yashil” qurilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar.

Tashrif doirasida ikki kunlik seminar ham o‘tkazildi, unda DOM.RF mutaxassislari ipoteka qimmatli qog‘ozlarini (IQQ) tuzish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Avvalroq O‘zbekiston DOM.RF tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p kvartirali uylar uchun “yashil” qurilish standartini joriy qilishni boshlagan edi, bu esa barqaror rivojlanish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.