24 February 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni asosida Kompaniya faoliyatini kengaytirish, moliyaviy barqarorlikni oshirish va ipoteka obligatsiyalari mexanizmini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni asosida Kompaniya faoliyatini kengaytirish, moliyaviy barqarorlikni oshirish va ipoteka obligatsiyalari mexanizmini joriy etish bo‘yicha yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.  ● Kompaniya huzurida ipoteka obligatsiyalarini chiqarishga ixtisoslashgan maxsus vakolatli tashkilot tashkil etiladi. 

● Yangi “Tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi uchun qulay muhit yaratiladi.  

● Kompaniyaning ustav kapitali 2025 yilda 1,4 trillion so‘mga yetkazilishi hamda 2030-yilga qadar 5 trillion so'mgacha oshirilishi rejalashtirilgan.

● Kompaniya ipotekani qayta moliyalashtirish kreditlari uchun 2,3 trillion so'm resurs ajratadi.

Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonda ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish, aholi uchun qulay va uzoq muddatli ipoteka kreditlari taqdim etish hamda moliyaviy infratuzilmani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.