26 May 2024
Kompaniya va Respublika fond birjasi (RFB) tomonidan hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Kompaniya va Respublika fond birjasi (RFB) tomonidan hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Kompaniya va Respublika fond birjasi (RFB) (https://www.uzse.uz/?locale=uz) tomonidan hamkorlikdagi istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Kuni kecha ""Toshkent"" fond birjasi (RFB) Boshqaruv raisi Giorgiy Paresishvili (https://www.uzse.uz/abouts/management) tashabbusi bilan Kompaniya va RFB vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda G.Paresishvili Kompaniya tomonidan mahalliy kapital bozorini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlarni, hususan, 2023-yilda yopiq tarzda muomalaga chiqarilgan 140 mlrd. so'mlik korporativ obligatsiyalar investorlar o'rtasida samarali joylashtirilganligini, Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar Markaziy bank tomonidan Davlat qimmatli qog'ozlari kabi Yuqori likvidli aktiv (https://lex.uz/uz/pdfs/6791678) sifatida tan olinganligini yuqori baholadi. G.Paresishvili Kompaniya faoliyati RFB tomonidan qo'llab-quvvatlanishini hamda hamkorlikda ishlashni taklif qildi.

Uchrashuv so'nggida kelajakdagi hamkorlik yo'li belgilab olindi. Unga ko'ra, asosiy e'tibor Kompaniya obligatsiyalarini ochiq savdolarda sotish imkoniyatlariga qaratiladi."
Boshqa yangiliklar

AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 4-7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 58-Yillik Yigʻilishida Kompaniya vakili - G'aznachilik rahbari Muhiddin Jumagaldiyev ishtirok etmoqda.

ompaniya “Global Banking & Finance Awards® 2025” xalqaro mukofotini qo'lga kiritdi.
