26 March 2025
Kompaniya 200 milliard so'mlik korporativ obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi.

Hozirda Kompaniya tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 790 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa Kompaniyani korporativ obligatsiyalar bozoridagi eng yirik emitentga aylantirdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Kompaniya korporativ obligatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritiliganligi va REPO imkoniyati yaratilganligi, shuningdek obligatsiyalardan olinadigan daromadlarning foyda solig’idan ozod etilishi (https://www.lex.uz/uz/docs/-7395923) obligatsiyalarning jozibadorligini yanada oshirib, navbatdagi chiqarilishlarda tijorat banklaridan tashqari sug‘urta tashkilotlari, fondlar va boshqa investorlarning ham katta qiziqishiga olib keladi.
Boshqa yangiliklar

AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 4-7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 58-Yillik Yigʻilishida Kompaniya vakili - G'aznachilik rahbari Muhiddin Jumagaldiyev ishtirok etmoqda.

ompaniya “Global Banking & Finance Awards® 2025” xalqaro mukofotini qo'lga kiritdi.
