11 September 2024

Elektron garov xatining joriy qilinishida Kompaniya asosiy tashabbuskorlardan biri

Elektron garov xatining joriy qilinishida Kompaniya asosiy tashabbuskorlardan biri

Elektron garov xatining joriy qilinishida Kompaniya asosiy tashabbuskorlardan biri

Elektron garov xatining joriy qilinishida Kompaniya asosiy tashabbuskorlardan biri.

Kompaniya jamoasi IMV, Kadastr agentligi, Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysi bilan hamkorlikda kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o'qishda tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ustida qariyb ikki yildan buyon ish olib bordi.

Uzoq davom etgan muzokaralar, mehnatlar natijasi o'laroq endilikda garov xatini rasmiylashtirish, ro'yxatdan o'tkazish va aylanmasi tartibi soddalashtiriladi.

Bunga ko'ra:

  • amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan garov xati mexanizmini takomillashtirish orqali ipoteka bozoriga uzoq muddatli resurslarni jalb qilish va ipoteka kreditini aktiv sifatida muomalaga kiritish mumkin bo'ladi;
  • garov xatini onlayn tartibda yoki davlat xizmatlari markazlariga borish orqali rasmiylashtirish imkoniyati, elektron garov xati konsepsiyasi joriy etiladi;
  • tijorat bankining bankrotligi/tugallangani holatida ipoteka krediti afzalliklarini kafolatlash va ipotekani qayta moliyalash doirasida bank majburiyatlarining ta'minoti sifatida garov xatlari, talab qilish huquqlari bankning tugallash massasiga qo'shilmaydi."