23 August 2023
Cagamas Berhad Malayziya milliy ipoteka korporatsiyasiga tashrif
Cagamas Berhad milliy ipoteka korporatsiyasiga tashrif. Tashrifning keyingi kunida delegatsiya a'zolari Malayziyaning Cagamas milliy ipoteka korporatsiyasi Bosh ijrochi direktori Ch.Ch.Leong boshchiligidagi xodimlar bilan muzokaralar olib borishdi.

Cagamas Berhad milliy ipoteka korporatsiyasiga tashrif
Tashrifning keyingi kunida delegatsiya a'zolari Malayziyaning Cagamas milliy ipoteka korporatsiyasi Bosh ijrochi direktori Ch.Ch.Leong boshchiligidagi xodimlar bilan muzokaralar olib borishdi.
Uchrashuvda asosiy e'tibor Cagamas korporatsiyasi, uning mahsulotlari, davlat uy-joy siyosati va kapital bozoridagi o'rni, biznes modeli rivojida o'rin tutgan omillarni o'rganishga qaratildi.
Korporatsiya Bosh ijrochi direktori Leong, korporatsiyaning asosiy mahsulotlari orasida Cagamas muvofiq talablariga asosan ipoteka kreditlar portfeli regress va regress elementisiz qayta moliyalashtirish ekanligini ta'kidladi va bu faoliyat korporatsiya xorijiy va mahalliy kapital bozorida obligatsiyalar joylashtirishi orqali jalb qilingan resurslar bilan moliyalashtirilishini aytib o'tdi.
Uchrashuv so'nggida "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" va Cagamas Malayziya ipoteka korporatsiyasi o'rtasida ikki tomonlama Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Boshqa yangiliklar

AFD tomonidan Kompaniyaga 30 million yevro (milliy valyutadagi ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasi va grant mablag‘lari ajratilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 4-7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 58-Yillik Yigʻilishida Kompaniya vakili - G'aznachilik rahbari Muhiddin Jumagaldiyev ishtirok etmoqda.

ompaniya “Global Banking & Finance Awards® 2025” xalqaro mukofotini qo'lga kiritdi.
