Vazifalar:

  • Kredit ajratishdan oldin banklar va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish, jumladan, tegishli garov ta’minotining mavjudligi va kompaniya siyosatiga muvofiqligini tekshirish.
  • Kredit portfeli bilan bog‘liq xatarlarni dastlabki bosqichda aniqlash.
  • Refinance qilingan ipoteka portfelining belgilangan mezonlarga mosligini baholash va rahbariyatga hisobot taqdim etish.
  • Oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlash.
  • Kredit xavflarining o‘sishiga ta’sir qiluvchi nofinansiyaviy xatarlarni monitoring qilish, kovenantlarning bajarilishini nazorat qilish, O‘zbekiston Markaziy banki prudensial me’yorlari va qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash.
  • Foiz stavkalari o‘zgarishi, likvidlik va kredit xavflari limitlariga moslikni tahlil qilish.
  • Moliyalashtirish va refinanslash limitlarini belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish hamda garov ta’minotini almashtirish jarayonida ishtirok etish.
  • Kredit xavflarini samarali boshqarish uchun kompaniyaning Kredit siyosati va ichki normativ hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar berish.
  • Kredit portfelini boshqarish va maxsus topshiriqlarni bajarish doirasida Bosh ijrochi direktor topshiriqlarini bajarish.
  • Kompaniya mas’ul xodimiga OAV, rasmiy veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish uchun ma’lumot taqdim etish.
  • O‘zbekiston Respublikasi "Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq aniqlangan shubhali operatsiyalar haqida Bosh ijrochi direktor va ichki nazorat (komplaens) xodimiga xabar berish.
  • Kompaniyaning ichki normativ hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
  • Ipotekaviy garov portfellarini qabul qilish mezonlariga mosligini tahlil qilish.
  • Kovenantlar va boshqa shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini monitoring qilish.

Ish sharoitlari:

  • Ish grafigi: 5/2, standart ish soatlari.
  • Ish haqi: raqobatbardosh (suhbat davomida muhokama qilinadi).
  • Qo‘shimcha bonuslar:
    • O‘qish va malaka oshirish xarajatlarini qoplash.
    • Sport zalga borish xarajatlarini qoplash.
    • Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta.
    • Jamoaviy tadbirlar va korporativ uchrashuvlar.

Vakansiya uchun ariza bering

Bizga o'zingiz haqingizda gapiring va biz siz bilan albatta bog'lanamiz

Ism*
Familiya*
Telefon raqami*
Email*

*Muhim! Faylning og'irligi 5 MB dan oshmasligi kerak!