“OʼzIQMK” AJ KUZATUV KENGASHI TARKIBI

«Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 63-moddasiga asosan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʼlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin oʼttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʼlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʼilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʼrsatishga haqli, shu bilan birga, “OʼzIQMK” AJ ustavining 8.3-bandiga muvofiq, jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʼlib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʼilishi kun tartibiga sof foydani taqsimlash, boshqaruv va nazorat organi aʼzoligiga oʼz nomzodini koʼrsatish (umumiy yigʼilishgacha almashtirish imkoniyati bilan) yuzasidan takliflar kiritishga haqli.

Ushbu takliflar moliyaviy yil tugaganidan keyin 90 kundan kechiktirmay kiritilishi mumkin. Shuningdek, “OʼzIQMK” AJ ustavining 9.4-bandiga asosan jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarining soni 7 nafar (Kuzatuv kengashi raisi bilan birga) etib belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022 yil 29 iyundagi Aksiyadorlar umumiy yigʼilishi tomonidan “OʼzIQMK” AJ Kuzatuv kengashi quyidagi tarkibda tasdiqlandi: 

“OʼzIQMK” AJ Kuzatuv kengashi tarkibi

Ish joyi

Lavozimi

Boshqa tashkilotlardagi ish joyi

1

Nasritdinxodjaev Omonullo Zabixullaevich

O'zbekiston          Respublikasi         Moliya vazirligi

Moliya vazirining birinchi oʼrinbosari

Kuzatuv kengashi raisi

2

Irgashev Xamid Djumaevich

Hult international Business School (Лондон)

Buxgalteriya va moliya fakulteti dotsenti

 Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

3

Kokularupan Narayanasamy

Jahon banki  (Malayziya)

Maslahatchi

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

4

Tsedendorj Enkhbayar

«Новый урбанизм» MCHJ (Mongoliya)

Guruh rahbari o‘rinbosari

Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

5

Djurabek Ismailovich Zulfukorov

«Ipoteka bank» ATIB

Boshqaruv raisining o'rinbosari

Kuzatuv kengashining a’zosi

6

Olimjonov Sanjar Odilovich

«Qishloqqurilishbank» ATB

Boshqaruv raisining o'rinbosari

Kuzatuv kengashining a’zosi

7

 Kurambaev Azamat Karimbaevich

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ

Boshqaruv raisining  o'rinbosari

Kuzatuv kengashining a’zosi