01 April 2024

🌳"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkillashtirildi

🌳"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkillashtirildi.

 

🌿 Kuni kecha "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida ishtirok etishdi. 

Bunda yurtimiz rahbari tomonidan mazkur loyiha bo'yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalardan biri, avtomobil yo'llari bo'ylarida daraxt ko'chatlari ekishga alohida e'tibor qaratildi va Toshkent shahar hamda Yashnobod tumani hokimliklari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Maxtumquli ko'chasida joylashgan avtomobil yo'l bo'yiga manzarali daraxt ko'chatlari o'tkazildi.

 

Bu esa o'z navbatida aholini va kelajak avlodni toza atmosfera havosi bilan ta'minlanishiga zamin yaratadi.

 

Endilikda Kompaniya tomonidan ekologiyani asrash uchun xizmat qiladigan bunday tadbirlar tez-tez tashkillashtirilishining  yo'lga qo'yilishi maqsad qilib, belgilab olindi.

Поделиться: