25 December 2023

 

Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik islohotlar zamirida

 

Dunyo rivojining hozirgi davrida inson taraqqiyoti, uning huquq va erkinliklari, ijtimoiy adolat va inson xavfsizligini ta'minlash borasidagi jarayonlar uchun ayollar va erkaklarning jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi tengligini amalda ta'minlash masalalari ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. 

 

Mazkur dolzarb mavzu bo'yicha O'zIQMK (Kompaniya) va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) birgalikda Kompaniya hamkor banklarining gender masalalari bo'yicha mas'ul xodimlari uchun trening tashkillashtirishdi.

 

Trening ma'ruzachisi - OTB vakili E.M.Fayzullayeva gender mutaxassislarining asosiy vazifalari, gender siyosatining asosiy tushunchalari, O'zbekiston ipoteka bozori gender tahlili natijalari haqida gapirib o'tdi.

 

Trening interfaol usullardan foydalanib qizg'in o'tkazildi va ishtirokchilar genderga nisbatan sezgir siyosatning joriy etilishi ipoteka kreditorlari orasida ayollar ulushining oshishiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini aniqladilar.

Поделиться: