10 July 2024
RASMIY AXBOROT
RASMIY AXBOROT
Korporativ obligatsiyalarni joylashtirish to'g'risida:
"O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ o'zining ikkinchi chiqarilishdagi Korporativ obligatsiyalarini joriy yilning 10-iyul kuni joylashtirilishini ma'lum qiladi.
Obligatsiyalar uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qog'ozlar bozorida “Azerbaijan Uzbek Investment” MChJ QK, tijorat banklari ("Turonbank" ATB, "O'zsanoatqurilishbank" ATB, "O'zmilliybank" AJ, “Xalq banki” ATB, “Hamkorbank” ATB va "APEX Bank" AJ) va sug’urta tashkilotlari (“O’zbekinvest”AJ va “O’zagrosug’urta” AJ) bilan emitent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzish orqali yopiq obuna usulida joylashtiriladi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, Kompaniya korporativ obligatsiyalarining jozibadorligi va o'z navbatida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Yuqori likvidli aktivlari tarkibiga kiritilganligi tijorat banklaridan tashqari sug'urta kompaniyalari va Ozarbayjon fondi kabi tashkilotlarning ham katta qiziqish bildirishiga sabab bo'lmoqda."