17 April 2024
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" (Kompaniya) o’zining Ilk Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha investorlarga I davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab berdi.
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" (Kompaniya) o’zining Ilk Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha investorlarga I davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab berdi.
Ma'lumki, Kompaniya bundan roppa-rosa 6 oy oldin, ya'ni 2023-yil oktabr oyida o'z kapitali doirasida 3 yil muddatga o'zining 140 mlrd so’m miqdoridagi Ilk Korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o’rtasida to’liq joylashtirgan edi. https://www.uzmrc.uz/uz/announces/page/official-information
Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 6 oylik 6 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.
Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan https://lex.uz/uz/docs/-6791678?ONDATE=08.03.2024%2000#-6793632