21 May 2024
O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi AJ (Kompaniya) muvofiq talablari asosidagi 17-18 % li ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish amaliyotlari davom etmoqda.
O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi AJ (Kompaniya) muvofiq talablari asosidagi 17-18 % li ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish amaliyotlari davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilning 14-noyabrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Kompaniya o'rtasida imzolangan qarz bitimiga ko'ra Kompaniyaga OTB dan 150 million AQSh dollari miqdoridagi resurs manbasi jalb qilingan edi. Hozirga qadar Kompaniya shu kredit liniyasi asosida tijorat banklariga 17-18 %li ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratishda davom etib kelmoqda. Tijorat banklari ham o'z navbatida Kompaniya muvofiq talablari asosidagi portfellarni bosqichma-bosqich Kompaniyaga taqdim etmoqda va qayta moliyalashtirish amaliyotlari davom etmoqda."