30 April 2025

Xabar


“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati sizga o‘z hurmatini bildirib, 2025-yil 22-may kuni Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini eʼlon qiladi. “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron pochta manzili - info@uzmrc.uz.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining boshlanish vaqti - soat 15:00.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish vaqti soat 14:45 dan 15:00 gacha.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi- 2025-yil 29-aprel.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi- 2025-yil 16-may.

 

Kun tartibi:

  1. Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash. 
  2. Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash. 
  3. "O‘zIQMK" AJ Ijroiya organining 2024-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotini, jumladan buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash. 
  4. "O‘zIQMK" AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tinglash.
  5. “KPMG-AUDIT” MCHJ auditorlik tashkilotining "O‘zIQMK" AJning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha MHXS asosida tayyorlangan hisoboti yuzasidan tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
  6. "O‘zIQMK" AJning 2024-yil yakuni bo‘yicha "O‘zIQMK" AJ faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari bajarilishini tekshirish va baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  7. "O‘zIQMK" AJning 2024-yildagi korporativ boshqaruv tizimini baholash va korporativ boshqaruv Kodeksi qoidalari tavsiyalariga rioya qilish natijalarini ko‘rib chiqish.
  8. Hisobot yilining sof foydasini taqsimlash. 
  9. “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashi mustaqil a’zolarini uch yil muddatga saylash.
  10. “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashining mustaqil bo‘lmagan a’zolarini uch yil muddatga saylash.
  11. “O‘zIQMK” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  12. "O‘zIQMK" AJning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha MHXS asosida tayyorlangan hisoboti yuzasidan majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  13. “O‘zIQMK” AJ “Kuzatuv kengashi aʼzolarini mukofotlash to‘g‘risidagi Nizom”ga kiritilayotgan 2-son o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
  14. "O‘zIQMK" AJning affillangan shaxs bilan jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.
  15. "O‘zIQMK" AJ ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  16. "O‘zIQMK" AJ qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash.

 

Aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha maʼlumotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida tanishishlari mumkin. Bog‘lanish uchun telefon - 78 148 30 00 (118) (Korporativ munosabatlar bo’limi mutaxassisi - Ibroximov B). Murojaatlar dushanbadan jumagacha har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha (tanaffus – 13:00 dan 14:00 gacha) qabul qilinadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq berilgan ishonchnoma bo‘lishi shart.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 58-moddasiga asosan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish chog‘ida umumiy yig‘ilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin.           

 

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” 

aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi