Tanlab olish mezonlari

"O'zIQMK" AJ tomonidan taqdim etilgan qayta moliyalashtirish huquqiga ega bo'lish uchun IMTlar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

Qabul qilish mezonlari

Umumiy ma'lumotlar

Ipoteka kreditlash tajribasi

Kamida 3 yil (yoki keyingi 12 oy ichida ipoteka moliya sektoriga kirish uchun tayyorlangan reja).

Kafolatlangan joylashtirish va xizmat ko'rsatish platformalari

Tegishli kreditlash siyosati va uy-joy moliyalashtirish strategiyalari.

Uy-joy kreditlarini moliyalashtirish imkoniyatlari va majburiyatlari

Xodimlar "O'zIQMK" AJ, MB yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan o'qitildi. Ipoteka kreditlari bilan shug'ullanuvchi kredit bo'limining ixtisoslashgan bo'limi yoki bo'linmasi.

Moliyaviy va operatsion muvofiqlik mezonlari

Markaziy bankning barcha amaldagi prudensial me'yorlari va qoidalariga rioya qilish, masalan:

kapital etarliligining minimal darajasiga bo'lgan talab;

foydani hisobotda aks ettirish;

kredit klassifikatsiyasi va zahiralarni yaratish;

uy-joy kreditlari portfeli va umumiy kredit portfeli bo'yicha muammoli kreditlar koeffitsientlari; va

pullarni noqonuniy o'zlashtirish jinoyatlariga qarshi talablar.

 Shuningdek IMT lar quyidagilarni bajarishlari lozim:

moliyaviy barqarorlikni saqlash;

sog'lom moliyaviy tamoyillar va amaliyotlarga muvofiq harakat qilish (masalan, so'nggi ikki yil uchun MHXS ko'rsatmalariga muvofiq malakasiz audit hisobotlarini tayyorlash);

OTB va Markaziy bank uchun maqbul bo'lgan kredit va investitsiya siyosatini yuritish; va

investitsiya loyihalarini qarz oluvchilar tomonidan amalga oshirilishini nazorat qilish va monitoring qilish.

Korporativ boshqaruv

 Markaziy bankninig barcha mavjud tijorat risklarini samarali aniqlashni, monitoring qilish va boshqarishni, qonunchilik va me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqlik tizimlarini, bozor ishtirokchilari va kuzatuvchilari uchun moliyaviy axborotlarni oshkor qilish talablarini, korporativ boshqaruvning maqsadlarini, strategiyalari va usullarini qamrab oladigan  korporativ boshqaruv tizimining tasdiqlangan chora-tadbirlari.

Axborot faoliyati

Filiallardagi operasiyalarda, kredit ma'lumotlari va boshqalarda namoyon bo'ladigan butun mamlakat bo'ylab ipoteka kreditlarini taqdim etishning tasdiqlangan imkoniyati.  

Risklarni boshqarish tartiblari

Quyidagilarni qamrab oluvchi tegishli jarayonlar va/yoki proseduralar orqali riskni boshqarish uchun zarur bo'lgan qobiliyat:

-kredit riski;

-aktivlar va passivlarni boshqarish bilan bog'liq riski;

-bozor riski (masalan, foiz stavkasi riski va valyuta riski); va operasion riski.

Kafolatlarga muvofiqligi

OTBning ekologik va ijtimoiy himoya siyosatiga rioya etilishini nazorat qilish uchun Atrof-muhit va ijtimoiy himoya vositalarini boshqarish tizimlari.

 

 Ipoteka kreditlari uchun maqbullik mezonlari

"O'zIQMK" AJ tomonidan qayta moliyalashtirilgan barcha ipoteka kreditlari quyidagi muvofiqlik mezonlariga javob berishi kerak:

Kredit standarti

Talablari

Maqsad:

1. Qarz oluvchi yashashi ko‘zda tutilgan, foydalanishga topshirilgan, turar-joy (birlamchi va ikkilamchi uy bozoridan) sotib olish uchun;

2. Qarz oluvchi yashab turgan xonadonni qayta taʼmirlash uchun.

Tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruktsiya) bunga kirmaydi.

Ipoteka krediti xisobiga sotib olingan turar-joy qarz oluvchining asosiy yashash joyi bo‘lishi shart.

Kreditlashga muvofik turar-joy turi:

Yakka tartibda qurilgan uy-joylar (hovli), yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonlar.

Yashashga tayyor bo‘lmagan uylar talabga nomuvofiq hisoblanadi.

 Maqbul qarz oluvchilar:

Muntazam (doimiy) daromad manbalariga ega bo‘lgan shaxslar.

Ipoteka krediti limiti:

 

Turar-joyni sotib olish uchun:

- 400 million so‘m.

Turar-joyning qayta taʼmiri uchun:

- 80 million so‘m.

Ipoteka kreditining muddati: 

Turar-joyni sotib olish uchun:

- Kamida 10 yil, maksimal muddat 20 yil.

Turar-joyning qayta taʼmiri uchun:

- maksimal muddat 10 yil.

Foiz stavkasi:

Turar-joyni sotib olish uchun:

OʼzIQMK stavkasi + 5 % gacha tijorat bank ustamasi.

Turar-joyning qayta taʼmiri uchun:

OʼzIQMK stavkasi + 4 % gacha tijorat bank ustamasi.

Oldindan toʼlov:

Turar-joyni sotib olish uchun:

- kamida 25%.

Turar-joyning qayta taʼmiri uchun:

- talab qilinmaydi.

Kredit miqdorining uy qiymatiga nisbati (LTV):

LTV ≤ 75%.

Turar-joy qiymati sifatida, baholangan yoki oldi- sotdi shartnomasida belgilangan qiymatning kichigi olinadi.

Qarz oluvchining (daromadi yetmagan taqdirda birgalikda qarz oluvchi daromadi bilan jamlangan) maksimal oylik sof daromadi:

15 million So‘m.

(Qarz oluvchining oylik sof daromadi yetmagan taqdirda, qo‘shimcha qarzdor qilib faqat birgalikda yashovchi xo‘jalik aʼzolarini jalb qilish mumkin).

Umumiy qarz yuki (DTI):

DTI ≤ 50% (Qarzdor va birgalikda qarz oluvchining jami joriy kredit to‘lovlarini hisobga olgan holda).

Kredit kaytarish jadvali:

Har oylik to‘lov, annuitet shaklida, imtiyozli davrsiz bo‘lishi kerak.

Ipoteka kreditining garovi:

Ipoteka krediti ostidagi (sotib olinadigan yoki qayta taʼmirlanadigan) uy.

Qarz oluvchi yoshi:

18 yoshga to`lgan va undan yuqori.

Turar joyning geografik joylashuvi:

Mamlakat bo‘ylab.

Kredit tarixi:

Qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka kreditlarida kredit ajratilgan davrdan qayta moliyalashtirilgungacha bo‘lgan davrda muddati o‘tgan (30 kundan ko‘p) qarzdorlik bo‘lmasligi kerak.

Kreditning qayta moliyalashtirish paytidagi holati:

Muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.

Turar-joy sug‘urtasi:

Turar-joyning 100% qayta tiklash qiymati.

Turar-joy mulkini baxolash:

Maxsus litsenziyaga ega mustaqil baxolovchi tomonidan baxolanishi kerak.

Ikkinchi ipoteka krediti:

Mumkin emas.

Quyidagi hollar «Ikkinchi ipoteka krediti» deb hisoblanadi:

     - Joriy ipoteka krediti hisobiga olingan uy-joy uchun yangi ipoteka krediti olish.

     - Mavjud ipoteka krediti bo‘lsa.

 

Ijtimoiy va Ekologik Boshqarish Tizimi

(ayrim masalalar):

Аsbest (xrizotil)-sement tom qoplamali (shifer) turar-joylariga ham, Ijtimoiy va Ekologik Boshqarish Tizimi talablariga rioya qilgan holda,  ipoteka krediti bersa bo‘ladi.

Gender talabi:

Qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka kreditlarining kamida 35% ayol qarz oluvchilarga taqdim etilishi zarur.

Qayta moliyalashtirish miqdoriga nisbatan kredit portfeli taʼminoti:

Kamida 125 %.

"O'zIQMK" AJ Muvofiqlik mezonlariga o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi va bunday o'zgarishlar retrospektiv bo'lmaydi.